Quvondiq Ro'ziev "Navbahor"ga o'tadi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2021
"Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev yaqin kunlar ichida boshqa jamoaga o'tadi.

Futbolchi faoliyatini Namanganning "Navbahor" klubida davom ettiradi. Bu haqda Quvondiq Ro'zievga murojaat qilganimizda barchasi yaqin vaqt ichida hal bo'lishini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Ro'ziev "Navbahor" ustozi No'mon Hasanov bilan "Qo'qon-1912"da birga ishlagan.
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia