Qozog'istonlik investor "Marsel"ni xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2016, 15:49
Fransiyaning "Marsel" klubi qozog'istonlik investorlarga sotilishi mumkin.

Bu haqda Fransiya klubi prezidenti Margarita Lui-Dreyfusning sobiq maslahatchisi Luis Akares Telefoot ko'rsatuvida ma'lum qildi.

"Men xaridorlarni topdim, ammo ularga vaqt kerak. Ular kelishuv bo'yicha muzokara o'tkazishmoqda. Lui-Dreyfus buni o'zi hal qilishi uchun men klub prezidenti maslahatchisi lavozimini tark etdim. Ular qarorni birinchi bo'lib menga aytishlari kerak. Hech kim "sog'in sigir" bo'lishni istamaydi. Klubni sotish oson ish emas. "Marsel"ni xarid qilish uchun Xitoy, Qozog'iston va Quvaytdan takliflar bo'ldi" - deydi Akares.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: vesti.kz