Qozog'istonlik futbolchi "Zenit"da

Alisher
18 yanv 2020
Qozog'iston terma jamoasi yarim himoyachisi Baurjan Islamxan "Zenit" jamoasi bilan shug'ullanmoqda.

26 yoshli "Qayrat" sobiq futbolchisi Rossiya jamoasining Qatardagi mashg'ulotlarida ilk bor ishtirok etmoqda.

"Zenit" Islamxanni ko'rikka chaqirgan. Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Qozog'iston ham kiradigan EOII (Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi)dan kelgan futbolchilar Rossiyada 2020 yilning 1 iyulidan legioner hisoblanishmaydi.

RPL yetakchisi hozirda o'quv-mashg'ulot yig'inini Qatarda o'tkazmoqda. Baurjan YCHLning 2019/20 yilgi mavsum guruh bosqichi ishtirokchisi "RB Zalcburg" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan nazorat o'yinida ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Baurjan Islamxan "Qayrat"ni erkin agent sifatida tark etdi. Uning almatiliklar bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilining so'nggida yakunlangan edi va o'yinchi bitimni uzaytirmadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/zenit_spb