Qozog'iston. "Tobol" ishonchli hisobda g'alabaga erishdi, Sergeev 68 daqiqa o'ynadi

Mirjalol Normatov
4 mar 2023, 21:11
Qozog'iston chempionatining 2023 yilgi mavsumiga start berildi.

Mavsumning dastlabki turida Igor Sergeev harakat qilayotgan "Tobol" jamoasi "Aksu"ga qarshi o'ynadi va ishonchli hisobda g'alabaga erishdi, 3:1. Bahsda hamyurtimiz asosiy tarkibda maydonga tushdi va 68-daqiqada Serj Deblega almashtirildi.

"Tobol" - "Aksu" 3:1

Gollar: Milyan Vukadinovich (9, 1:0), Islom Chesnokov (59, 2:0), Toni Silva (64, 2:1), Serj Deble (90+1, 3:1).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia