

Rustam Abdullaev jamoasi safida qozog'istonlik Aleksandr Kirov ko'rikdan o'tmoqda. Qozog'iston milliy terma jamoasi safida 29ta o'yin o'tkazgan himoyachi shu kungacha Qarag'andaning "Shaxtyor" klubida o'ynab kelayotgandi. 1984 yilda tug'ilgan Kirov 3 bor Qozog'iston kubogi sohibi, 2 karra Qozog'iston chempioni bo'lgan.
Futbolchi haqida ma'lumot
Aleksandr Sergeevich Kirov
1984 yil 4 sentyabrda tug'ilgan
Qozog'iston fuqarosi
Bo'yi 188 sm, og'irligi 81 kg.
Ampluasi: Chap qanot himoyachisi
Qozog'iston terma jamoasi safida 29ta o'yin o'tkazgan
Erishgan yutuqlari:
Qozog'iston chempioni - 2011, 2012
Qozog'iston kubogi sohibi - 2006, 2009, 2010
Qozog'iston Superkubogi sohibi - 2011
MDH kubogi finalchisi - 2009



