Qozog'iston Evro-2024 saralashi uchun pley-offda Gretsiya bilan, Gruziya Lyuksemburg bilan o'ynaydi

Nozimov Nig'monxo'ja
21 noya 2023, 07:47
Gruziya va Qozog'iston terma jamoalarining Evro saralash pley-off bosqichidagi raqiblari ma'lum bo'ldi.

Millatlar ligasidagi jamoalar reytingidan kelib chiqib juftliklar quyidagicha ko'rinishi oldi:

C yo'li

Gruziya - Lyuksemburg

Gretsiya - Qozog'iston

Uchrashuvlar 21 mart kuni bo'lib o'tadi. Final 26 kuni bo'lib o'tadi.

Shuningdek, hozircha pley-offga Polsha, Estoniya, Finlyandiya, Ukraina, Islandiya, Isroil va Bosniya va Gertsegovina kabi davlatlar ham qatnashishi aniq bo'lgan. Biroq A yo'li va B yo'li juftlari hali aniqlanmadi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif