Qozog'iston. "Aktobe" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2021, 16:50
Qozog'iston chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Atirau" - "Aktobe" uchrashuvi yakunlandi.

Unda mehmon jamoa irodali g'alabaga erishdi. Uchrashuvda Igor Sergeev 62 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, yana bir hamyurtimiz Jasur Narziqulov to'liq 90 daqiqa mobaynida "Aktobe" darvozasini qo'riqladi.

Qayd etish kerak, dastlabki ikki turda "Atirau" jamoasi 2 mag'lubiyat, "Aktobe" esa 2 durang qayd etgandi. Shu orqali "Aktobe" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

"Atirau" - "Aktobe" 1:3

Gollar: Rafael Ospanov (33, 1:0), Maksim Fedin (45-pen, 1:1), Ervin Mukam (73-pen, 1:2), Rifat Nurmagometov (82, 1:3).

"Atirau": Vladimir Loginovskiy, Dmitriy Guz, Brayan da Silva, Daniel Stoykovich, Kuanish Kalmuratov, Aleks Kristian, Artak Dashyan, Donet Shkodra, Gian Martins, Rafail Ospanov (Mixail Grabko, 77), Petar Kunich.

"Aktobe": Jasur Narziqulov, Armen Manucharyan, Mixal Jabek, Rustam Temirxon, Alisher Azimov, Tongo Dumbiya, Erkebulan Nurgaliev (Maksim Samorodov, 82), Maksim Fedin (Ervin Mukam, 68), Didal Jalmukan (Rifat Nurmagometov, 80), Yuriy Percuk (Vitaliy Volkov, 80), Igor Sergeev (Boyan Dubayich, 62).

 

QPL TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia