Qozog'iston. 7-tur. Geynrixdan golli pas

Narzulla Saydullayev
25 apr 2013, 16:22
Kecha Qozog'iston premer ligasida 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ulug'bek Baqoev to'p tepayotgan "Irtish" klubi o'z uyida "Ostona" klubini qabul qilib mag'lub bo'ldi - 0:1.
Kecha Qozog'iston premer ligasida 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ulug'bek Baqoev to'p tepayotgan "Irtish" klubi o'z uyida "Ostona" klubini qabul qilib mag'lub bo'ldi - 0:1. Baqoev o'yinning penaltidan gol ura olmagan Igor Yurin o'rniga 54-daqiqada maydonga tushdi.

"Irtish" 7ta o'yindan 8 ochko to'plab 7-o'rinda bormoqda.

"Irtish" - "Ostona" 0:1
Gol:
Konisbaev 20.
Amalga oshirilmagan penalti: Igor Yurin (29)

Uchta hamyurtimiz faoliyat olib borayotgan "Aktobe" kecha o'z maydonida Miodrag Radulovich bosh murabbiylik qilayotgan "Atirau"ni yirik hisobda taslim qildi - 3:0. O'yindagi ikkinchi golni urishda Miroshnichenkoga hamyurtimiz Aleksandr Geynrix yordamlashdi. Ikkinchi bo'lim boshida Temur Kapadze darvoza ustunini nishonga olgan bo'lsa,  Marat Bikmaevning zarbasini mehmonlar posboni qaytarib yubordi. Uchrashuvda Bikmaev to'liq o'ynadi, Temur Kapadze faqat 90-daqiqada almashtirildi, Geyrix esa 69-daqiqada Gridin o'rniga maydonga tushdi. "Aktobe" 15 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

"Aktobe" - "Atirau" 3:0
Gollar:
Xarbara 45+2, Miroshnichenko 83, Xayrullin 86.
  
"Jetisu" esa kecha safarda "Akjayik" mehmoni bo'lib mag'lub bo'ldi - 0:2. Mehmon jamoa safida Ruslan Melziddinov va Shavkat Salomov maydonga tushishmadi. "Jetisu" 7-turdan so'ng 8 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.

"Akjayik" - "Jetisu" 2:0
 Gollar
: Kostrub 39, Xaman 71.


www.championat.uz

Narzulla SaydullayevMuallif