Qozog'iston. 21-tur. "Jetisu" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2013, 20:34
Bugun Qozog'iston premer ligasida 21-tur o'yinlari boshlandi.
Hamyurtlarimiz to'p tepishayotgan "Jetisu" klubi safarda "Tobol"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda "Tobol" 3:1 hisobida zafar quchdi.

Ruslan Melziddinov va Shavkat Salomov o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qilishdi. "Jetisu" 20 ochko bilan musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda.

TOBOL - JETISU - 3:1 (1:0)
Gollar:
Kurtishi, 19 (1:0). Abishev, 85 (2:0). Jumaskaliev, 87 (3:0). Perich, 90 (3:1).

"Aktobe" va "Irtish" o'z o'yinlarini ertaga o'tkazishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia