Qo'ziboev o'rniga Shimoliy Koreyaga Shoahmedov boradi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2015, 17:43
O'zbekiston terma jamoasining Shimoliy Koreyaga boradigan yakuniy tarkibi ma'lum bo'ldi.
Jarohatlari tufayli Shimoliy Koreyaga qarshi o'yinda terma jamoaga Server Jeparov hamda Zoxir Qo'ziboev yordam bera olmaydi. Server Jeparov milliy terma jamoa yig'iniga qadar jarohat olgani va ushbu o'yinda jamoaga yordam berolmasli ma'lum bo'lib ulgurgan bo'lsa, Qo'ziboev Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohatlandi.

Jarohatlarga qaramay milliy terma jamoa Pxenyanga to'liq tarkib bilan uchib ketadi. Safdan chiqqan Zohir Qo'ziboev o'rniga terma jamoa safiga “Lokomotiv” futbolchisi Sanjar Shoahmedov chaqirildi. Ushbu mavsumda “temiryo'lchilar” yarim himoyachisi juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda va bu terma jamoa murabbiylar shtabi nazaridan chetda qolmadi.

Hozirga qadar 24 yoshli Shoahmedov milliy terma jamoaga faqat bir marta jalb etilgan. O'tgan yili Sanjar Ummonga qarshi o'rtoqlik o'yinida o'zining terma jamoadagi debyutini o'tkazgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com