Qosimov Iordaniyaga qarshi o'yinlar uchun tarkibni e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2013, 13:00
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Iordaniya milliy terma jamoasiga qarshi kechadigan pley-off uchrashuvlari uchun 25 nafar futbolchidan iborat tarkibni e'lon qildi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 avgust kuni Toshkentdagi JAR stadionida Iordaniyaga qarshi pley-off uchrashuvidan oldingi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi. Milliy terma jamoaning 6 hamda 10 sentyabr kunlari Iordaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlari oldidan e'lon qilingan tarkibdan 25 nafar futbolchi joy olgan.

Takidlash lozim, horij chempionatlarida to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilarning aksariyati milliy chempionat va kubok o'yinlarida to'p surishlari bois, yig'inga 1 sentyabrdan boshlab qo'shiladilar. Ayni damda milliy terma jamoa 14 nafar mahalliy futbolchilardan iborat tarkib bilan mashg'ulotlarga kirishdi. Mashg'ulotlar Toshkentdagi JAR stadionida o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida, Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreya chempionatlarida mazkur hafta so'ngida tur o'yinlari o'tkaziladi. Ushbu chempionatlarda to'p surayotgan futbolchilar 1 sentyabrdan boshlab milliy terma jamoa ihtiyoriga kelib qo'shiladi.

Milliy terma jamoaning Iordaniyaga qarshi o'yinlar oldidan yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Murod Zuhurov (Bunyodkor)
Aleksandr Lobanov (Paxtakor)
Eldor Suyunov (Nasaf)

Himoyachilar:
Akmal Shorahmedov (Bunyodkor)
Vitaliy Denisov (Lokomotiv Moskva)
Islom Inomov (Lokomotiv)
Anzur Ismoilov (Changchun Yatay)
Egor Krimec (Beyjing)
Shakvat Mullajonov (Liaoning)
Islom To'xtaxo'jaev (Lokomotiv)
Vladimir Kozak (Paxtakor)

Yarim himoyachilar:
Oleg Zoteev (Bunyodkor)
Sanjar Tursunov (Gazovik)
Aziz Haydarov (Al Shabob)
Odil Ahmedov (Anji)
Server Jeparov (Seongnam Ilva Chunma)
Jasur Hasanov (Bunyodkor)
Temur Kapadze (Aktobe)
Dilshod Jabborov (Lokomotiv)
Jasur Hasanov (Lokomotiv)
Jamshid Iskanderov (Paxtakor)

Hujumchilar:
Igor Sergeev (Paxtakor)
Ulug'bek Baqoev (Irtish)
Bahodir Nasimov (Neftchi Baku)
Ivan Nagaev (Lokomotiv)


28 avgust kuni Toshkentda yig'inga kirishadigan futbolchilar:

Murod Zuhurov (Bunyodkor)
Aleksandr Lobanov (Paxtakor)
Eldor Suyunov (Nasaf)
Islom To'xtaxo'jaev (Lokomotiv)
Islom Inomov (Lokomotiv)
Shavkat Mullajonov (Liaoning)
Akmal Shoraxmedov (Bunyodkor)
Jasur Hasanov (Bunyodkor)
Dilshod Jabborov (Lokomotiv)
Igor Sergeev (Paxtakor)
Jasur Hasanov (Lokomotiv)
Ivan Nagaev (Lokomotiv)
Vladimir Kozak (Paxtakor)
Oleg Zoteev (Bunyodkor)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com