"Qo'qon-1912"ning aralash tarkibi birinchi liga klubi bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2017, 20:48
Bugun Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohida “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari va birinchi liga yetakchisi “Cementchi” jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinda vakillarimiz aralash tarkib bilan harkat qilishdi. Aniqrog'i, kechagi bahsda zaxiradan qolgan o'yinchilar navbati bilan va o'rinbosarlar tarkibidagi futbolchilar maydonga tushishdi.

Uchrashuv muxlislar kutganidek shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi.

O'yinning 12-daqiqasida quvasoyliklar a'zosi Abdul Aziz Yusupov hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, ushbu o'yinchi o'tgan mavsumning birinchi qismini “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazgan. Shuningdek, bugungi uchrashuvda jamoamizning yana bir sobiq a'zosi Maruf Zokirjonov va Oybek Nurboevlar ham quvasoyliklar safida maydonga tushishdi.

Uchrashuvning 75-daqiqasida futbolchilarimiz hisobni tenglashtirishdi. Oybek Rustamov o'yin yakunlanishiga 15-daqiqa qolganida “Cementchi” darvozasini aniq nishonga oldi.

Bahsda shu hisobda yakuniga etdi.



Nazorat uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Cementchi” – 1:1
Bosh hakam: Q. Sobirov.
Gollar:
Oybek Rustamov 75. - Abdul Aziz Yusupov 12.
 “Qo'qon-1912”: I. Abdullaev, N. Otaqo'ziev, I. Rahimov, O. Rustamov, A. Mamatxo'jaev, A. Rahmonov, M. Rahimov, I. Malikjonov, I.Oxunjonov, D. Meliqo'ziev, M. Sodikjonov.
“Cementchi”: F. Turdaliev, M. Zokirjonov, R. Meliboev, O. Nurboev, O. Ahmadjonov, A. Rahimov, A. Yusupov, S. Ermamatov, J. Qobulov, SH. Abdurahimov, D. Mamatov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz