“Qo'qon-1912″dan bolajonlarga bayram sovg'asi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2017, 18:38
Bugun yurtimizda “Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” keng nishonlanmoqda. “Qo'qon-1912” jamoasi rahbariyati ham ushbu bayram munosabati bilan bolajonlarga ajoyib sovg'a tayyorladilar.

Bugun Qo'qon shahridagi 51-sonli maktabgacha talim muassasasida , “Qo'qon-1912” klubiga qarashli “Jajji shunqorchalar” futbolga ixtisoslashgan futbol guruhlari o'z faoliyatini boshladi. Ushbu munosabat bilan 51-sonli maktabgacha tarbiya muassasasida bayram tashkil qilindi. Bolajonlar ertak qahramonlari bilan raqslarga tushdilar va ularning qo'lidan turli sovg'alar olib xursand bo'ldilar.

Tadbirda Qo'qon shahar hokimligi va halq talimi bo'limi xodimlari , shuningdek “Qo'qon-1912” jamoasining rahbarlari ishtirok etishdi.  “Qo'qon-1912” jamoasi vice-prezidenti Baxtiyor aka Tolipov bolajonlarni bugungi bayram bilan tabriklab , ulardan kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yaxshi insonlar va shahrimizni dunyoga tanitadigan futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdilar.

Bundan buyon ushbu talim muassasida 3-7 yoshli bolajonlar “S” licenziyaga ega murabbiy Murodjon Sultonov qo'l ostida futbol sir-asrorlarini o'rganadilar.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz