"Qo'qon-1912": Yosh futbolchilarimizning muvaffaqiyati

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2019, 11:24
“Qo'qon-1912” jamoasi yosh futbolchilarni tarbiyalash borasida ham keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda.

Ayni damda jamoa qoshida bir nechta futbol maktablari faoliyat yuritmoqda va bir qator musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

2003-2004 yilda tug'ilgan bolalardan tashkil topgan “Qo'qon-1912” jamoasi Angrenda bo'lib o'tgan turnirda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Murodjon Sultonov boshchiligidagi yosh futbolchilar sakkizta jamoa qatnashgan turnirda barcha raqiblarni dog'da qoldirgan holda musobaqa g'olibiga aylanishdi. Eng quvonarlisi yosh "Qo'qon-1912" futbolchilari turnir davomida o'z darvozalaridan atigi bitta to'p o'tkazib yuborishdi, xolos.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz