

Ayni damda “Qo'qon-1912” o'zini-o'zi mablag' bilan taminlab kelayotgan Oliy ligadagi yagona klub sanaladi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Jamoa rahbariyati besh yillik dastur asosida ish olib borishmoqda. Unga ko'ra, “Qo'qon-1912” bir necha yildan keyin Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etishni maqsad qilgan.
Qo'qonlik futbol muxlislari uchun quvonchli xabar. Yaqin orada “Qo'qon-1912” jamoasining yangi ko'rinishdagi rasmiy sayti ishga tushadi. Ayni damda texnik ishlar yakuniga etkazilmoqda. O'ylaymizki, yangi saytimiz futbol muxlislariga manzur bo'ladi.



