"Qo'qon-1912" yangi mavsumga O'zbekistonning o'zida tayyorgarlik ko'radi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2021, 12:03
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ayni kunlarda yangi mavsumga selekciya ishlari hamda mavsumga tayyorgarlik rejalari bilan band bo'lib turishibdi.

Bosh murabbiy  mavsumga tayyorgarlikning aniq rejasini tasdiqladi.  Unga ko'ra “shunqorlar”ning  yangi mavsumga tayyorgarligi 5 bosqichdan iborat bo'ladi.

04.01 – 09.01 Qo'qon shahrida
11.01 – 21.01 Toshkent shahrida
25.01- 05.02 Farg'ona shahrida
09.02 – 19.02 Toshkent shahrida
22.02 – 01.03 kunlari Qo'qon shahrida mashg'ulotlar olib boriladi.

Farg'ona shahrida bo'ladigan “Hokim kubogi” turnirining sanasi aniq bo'lishiga qarab, Farg'onadagi yig'in muddati 1-2 kunga o'zgarishi mumkin.

Mana shu yig'inlar davomida jamoa tarkibida bir qator o'zgarishlar ro'y beradi hamda jamoa tarkibi shakllantiriladi.  Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasidan bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish ham murabbiylarning rejalariga kiritilgan. Yig'inlar davomidagi mashg'ulotlar hamda o'rtoqlik o'yinlaridan foto va video materiallar, "Qo'qon-1912" jamoasida bo'ladigan har bir o'zgarishlar borasidagi ma'lumotlar jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali aziz muxlislarga tezkorlik bilan etkazib boriladi", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Қўқон-1912” матбуот хизмати