"Qo'qon-1912" yangi futbolchilarni tanishtiradi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 11:01
"Qo'qon-1912" futbol klubi kecha Toshkentdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini yakunladi.

Bugun jamoa a'zolariga bir kunlik dam berilgan. 

Ertaga, 27-mart kuni "Qo'qon-1912" futbol klubi Qo'qon shahrida o'z muxlislari bilan uchrashadi. Uchrashuv Qo'qondagi "Markaziy" stadionida soat 11:30 da boshlanadi. 

Muxlislar va jamoatchilik vakillariga jamoa tarkibiga yangi qo'shilgan futbolchilar tanishtiriladi. 

"Andijon"ga qarshi bo'lib o'tadigan "vodiy derbisi"dan oldin muxlislarimiz o'zlarining sevimli futbolchilari bilan uchrashadilar. Uchrashuvda jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi , Qo'qon shahar hokimligi vakillari ishtirok etishadi. 

Barcha aziz muxlislarimiz va OAV xodimlarini "Markaziy" stadioniga taklif qilamiz !


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia