

“Navbahor”ga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ham poytaxtda boshlangan edi. Bunga sabab “vodiy derbisi”ning qayerda bo'lishi noma'lum edi. Mazkur uchrashuv “Istiqlol” stadionida o'tkazilishi oydinlashgach, mashg'ulotlar Farg'onaga ko'chirildi. Aniqrog'i, kecha futbolchilar Farg'onada to'planishdi va Superliga 1-tur o'yiniga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Barcha futbolchilar mavsumning birinchi uchrashuvida yaxshi natija qayd etish uchun mashg'ulotlarda tinimiz ishlashmoqda. Jamoa a'zolarining kayfiyati a'lo darajada.
Eslatib o'tamiz, Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Navbahor” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi “vodiy derbisi” Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 10 mart kuni, soat 16:00da start oladi.




