"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" uchrashuvi chiptalari sotuvda

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2018, 10:36
Ertaga Qo'qondagi "Markaziy" stadionida Superliganing 19-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Qo'qon-1912" o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" futbol klubini qabul qiladi. Bu uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalar bugundan stadion kassalarida sotilmoqda. Chiptalar doimgidek 10 000 va  15 000 so'mdan sotilyapti.

Barcha muxlislarni stadionga tashrif buyurib, futbolchilarni qo'llab-quvvatlab turishga chorlab qolamiz.
 
Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" o'yini ertaga, 29 iyul kuni soat 19:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz