

Ushbu uchrashuv uchun mo'ljallangan chiptalar sotuvga chiqdi. Chiptalar “Markaziy” o'yingoh kassalarida sotilmoqda. Chiptalar doimgidek 2 xil toifada bo'lib, 5 000 va 10 000 so'mdan sotilmoqda.
Muxlislarning bevosita o'yingohdan turib qo'llab-quvvatlab turishi futbolchilarimizga qo'shimcha kuch-quvvat va shijoat baxsh etishi shubhasiz. “So'g'diyona”ga qarshi o'yinda ham bizni astoydil qo'llab turishingizga ishonchimiz komil.



