"Qo'qon-1912" Shohruh Mahmudxojievning transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
20 fev 2026, 23:44
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati yarim himoyachi Shohruh Mahmudxojievning jamoaga kelib qo'shilganini ma'lum qildi.

"Jamoamiz yana bir mahoratli futbolchi Shohruh Mahmudxojiev bilan shartnoma imzoladi. 

Endilikda mohir yarim himoyachi "shunqorlar" sharafini himoya qiladi. 

Mahmudxojiev faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", "Dinamo", Tojikistonnning "Xo'jand", Nepalning "RayZRS" va Laosning "Yang Elefants" klublarida to'p tepgan.

Shohruh Mahmudxojievga "Qo'qon-1912" safiga xush kelibsan deb qolamiz. Omad yor bo'lsin!", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати