"Qo'qon-1912" qachon o'z stadioniga qaytadi? Jamoa bosh murabbiyi javob berdi

Administrator
4 sen 2024, 22:48
Bugun Farg'onada “FarDU” va “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Jangovor 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etgan mazkur bahsdan so'ng  saytimiz muxbiri qo'qonliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov bilan qisqa intervyu tashkil etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin o'rtoqlik maqomidagi bo'lgani bois qator yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazib oldik. “FarDU” jamoasi ham Sergey Lebedev qo'l ostida yaxshi jamoa bo'lib shakllanmoqda. 3:3 hisobi haqqoniy, futbolda bo'shashish kerak emas. Yigitlarga etirozlar bor, bu borada tahlil qilamiz. Umuman olganda, ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi.

- Bugun jamoangiz safida yosh futbolchilar ham harakat qildi. Shu haqidagi fikrlaringiz?

- Tarkibimizga U-19  jamoamiz safida 5 nafar yosh futbolchilarni jalb etdik. Shu kabi o'yinlar orqali ularni sinovdan o'tkazamiz.

- Maydon holati haqida fikringiz?

- To'g'risini aytganda, maydon holati yaxshi. Xatto zo'r desa ham bo'ladi. 

- Birinchi bo'limdayoq o'zgarishlarga qo'l urganingizga sabab nima?

- Kuzatib borgan bo'lsangiz, bugun 3 ta darvozabonga o'yin amaliyoti berdik. Bu bizga zarur bo'lgan amaliyot edi.

- Sizga eng ko'p beriladigan savol. “Qo'qon-1912” qachon o'z maydoniga qaytadi?

- Bu borada hozir amaliy ishlar davom etayapti. Mutaxassislar bor, ular taxminan bir oy atrofida muddat chamalashdi.

- Demak, oktyabr oyida degan fikrga kelsak bo'ladimi?

- Katta ehtimol shunaqa. Hammasi yaxshi davom etsa, keyingi oyda o'z maydonimizga qaytamiz.

- Superligaga chiqish imkoniyatlari haqida…

- Imkoniyat har doim bor. Oldinda 10 ta tur bor, barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonsak, Superligaga to'g'ridan-to'g'ri chiqamiz. Maqsad va harakatlarimiz shunga qaratilgan.

Bekzod Tolibov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia