"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" o'yini chiptalari sotuvda

Narzulla Saydullayev
26 sen 2018, 11:54
Avval xabar berganimizdek, ertaga 27 sentyabr kuni O'zbekiston kubogining yarim final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Qo'qondagi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” hamda “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi yarim final o'yini uchun chiqarilgan chiptalar bugundan sotuvga chiqdi.

Chiptalar 10 000 va 15 000 so'mdan sotilmoqda.

Siz aziz muxlislarni “Markaziy”ga kelib jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishga chaqiramiz!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz