"Qo'qon-1912": O'zbekiston kubogi final o'yiniga chiptalar tarqatilmoqda

Narzulla Saydullayev
29 noya 2017, 11:10
Xabaringiz bor 4 dekabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston kubogi final o'yini bo'lib o'tadi.

Finalda poytaxtning  "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv"  jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Muxlislarimizga qulaylik yaratish maqsadida ushbu o'yin uchun chiptalar Qo'qonda ham bepul tarqatilmoqda.  Final bahsini bevosita stadionda kuzatishni maqsad qilgan muxlislarimiz "Qo'qon-1912" futbol klubining muxlislar bilan ishlovchi mutaxasisi Ilhomjon Qunduzovga +99890 508 77 99 telefon raqami orqali murojaat qilib chiptalarni olishlari mumkin.

Shuningdek jamoamizning sodiq muxlisi Yo'ldoshev Odiljondan ham +99891 201 11 44, +99891 155 74 28 telefon raqamlari orqali murojaat qilib chiptalar olishingiz mumkin.

Qiziqarli o'yinni o'tkazib yubormang.

Chiptalar bepul !!!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz