“Qo'qon-1912”: Oybek Rustamov yoshlar terma jamoasida

Narzulla Saydullayev
23 fev 2016, 07:38
“Qo'qon-1912” jamoasida yosh futbolchilarga bo'lgan e'tibor juda yuqori.

O'tgan yili o'rinbosarlarimiz safida to'p surgan  ayrim o'yinchilar o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozona olishdi.  Bular orasida Oybek Rustamov ham bor edi. Buning natijasida yosh himoyachimiz O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimovning e'tiboriga tushdi.

Oybek Rustamov aynan mana shu terma jamoa bilan Xitoyga jo'nab ketdi. Abduraimov shogirdlari chin mamlakatida yig'in o'tkazmoqda.

Yosh futbolchimizning terma jamoadagi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz