"Qo'qon-1912": O'rinbosarlarimizning ikkinchi g'alabasi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2017, 07:37
Yoshlar ligasining 3-turida "Qo'qon-1912" o'z uyida "Qizilqum"ni qabul qildi.

O'yin vakillarimiz uchun omadli boshlandi. 5-daqiqada mehmonlar darvozabonining xatosidan keyin Abror Rahmonov hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. 10-daqiqada Dilshod Baratov raqib darvozasini ishg'ol etgandi. Ammo hakamlar futbolchimizni o'yindan tashqari holatda qolib ketdi deb topishdi.

23-daqiqada  ikinchi golni urishga yaqinlashgandik. Ammo so'nggi pallada Nikita Shkvirin mahorat ko'rsatdi.

26-daqiqada Oybek Rustamovning o'ta kuchli zarbasini mehmonlar posboni qayinchilik bilan qaytarib qoldi.

Birinchi bo'lim 1:0 hisobida intiho topdi.

Ikkinchi taymni mehmonlar biroz faol tarzda boshlashdi. Navoiyliklar taym boshida katta kuch bilan hujumga tashlanishdi. Ammo har safar ularga omad yetishmadi.

62-daqiqada Baxtiyor Abdubannonov jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi. To'p biroz noaniq ko'rinish oldi. 65-daqiqada Abdubannonov niyatiga etdi. 8-raqamli futbolchimiz mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi.

73-daqiqa vakillarimiz ajoyib kombinaciya tashkil etishdi. So'nggi pallada Abror Rahmonovga aniqlik yetishmadi. Uning zarbasini “Qizilqum” posboni ushlab oldi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa ketma-ket hujumlar tashkil etganiga qaramay, uchrashuv yakuniga qadar 2:0 hisobi o'zgarishsiz qoldi. Natijada o'rinbosarlarimiz mavsumdagi ikkinchi g'alabani qo'lga kiritishdi.

3-turdan keyin Muhsin Nizomiddinov shogirdlarining ochkolari soni ettitaga etdi.

 

Yoshlar ligasi

3-tur

“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” – 2:0 (1:0)

Hakamlar:
Shavkat  Nasibullaev, Ravshan Kopadze, Qahramon Sobirov, Sanjar Rahmonov.

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev.

Gollar: Abror Rahmonov-5, Baxtiyor Abdubannonov-65.

“Qo'qon-1912”: 30. Islom Abdullaev, 7. Oybek Rustamov, 8. Baxtiyor Abdubannonov (17. Ibrohim Usmonov-83), 10. Abror Rahmonov (26. Ramzbek Isaqov-84), 15. Maruf Zokirjonov, 18. Dilshod Baratov (11. Ibrohim Muxtorov-86), 22. Doston Meliqo'ziev (4. Mamur Rahimov-88), 23. Ismoil Oxunjonov, 24. Ruslan Meleziddinov (70. Mo'min Sodiqjonov-89), 28. Avazxon Mamatxo'jaev, 29. Iqbol Malikjonov (19. Ibrohim Ahmadjonov-85).

Zaxira:
13. Nikita Ribkin.

“Qizilqum”
: 1. Nikita Shkvirin, 8. Sardor Jahonov, 9. Orzu Razzoqov, 11. Bobur Mamirov (75. Esojon Fozilov-68), 17. Mustafo Rahmatov, 18. Samandar Shodmonov (14. Andrey Derkach-63), 25. Ahliddin Fayziev, 55. Mirjalol Qosimov, 84. Viktor Grigorev, 86. Ramis Begishev, 99. Bobur Iskandarov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz