"Qo'qon-1912" - "Neftchi". Jamoalar qanday libosda o'ynashadi?

Narzulla Saydullayev
10 may 2018, 12:57
Qo'qondagi “Markaziy” stadionda Superliga 11-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Neftchi” o'yinidan oldingi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda har ikki jamoa vakillari va uchrashuv komissari B. Aripov hamda o'yin nazoratchisi B Tog'aevlar ishtirok etishdi va o'yin oldi jarayonlar hamda jamoalar bugun qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida kelishib olishdi.  

Unga ko'ra, bugungi bahsda mezbonlar “Qo'qon-1912” jamoasi oq formalarda, mehmonlar “Neftchi” futbolchilari esa havorang liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz