“Qo'qon-1912” – “Neftchi” – 1:2 (Fotomaqola)

Narzulla Saydullayev
16 fev 2016, 07:54
Kecha “Bunyodkor” akademiyasining mashg'ulotlar maydonida “Qo'qon-1912” jamoasi so'nggi yig'in doirasidagi ikkinchi nazorat bahsini o'tkazdi.

Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi kechgan o'yinda vakillarimiz mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, futbolchilarning harakatlari yomon chiqqani yo'q. Murabbiylar shtabi ikki tamyda ikki xil tarkibni maydonga tushirishdi. Viloyat derbisidan to'plangan fotomaqola bilan tanishing:

photo_2016-02-16_06-40-23

Eski tanishlarning yangi to'qnashuvi.

photo_2016-02-16_06-40-31

Ikki jamoa sardorlari – Baxtiyor Yoqubov va Aziz To'xtaboevlar o'yinni kim boshlab berishiga oydinlik kiritishmoqda.

photo_2016-02-16_06-40-35

To'xtaboev navbatdagi hujumni boshlash arafasida.

photo_2016-02-16_06-40-40

Uchrashuvni Yuriy Sarkisyan ham kuzatib bordi. Yuriy Vazgenovich uchun har ikki jamoa bosh murabbiylari begona emas. Har ikki mutaxassis ham uning shogirdlari.

photo_2016-02-16_06-40-45

“Neftchi” darvozasi tomon belgilangan jarima zarbasi.

photo_2016-02-16_06-40-49

Uchrashuv mana shunday keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi.

photo_2016-02-16_06-40-54

Doston Tursunov sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

photo_2016-02-16_06-41-00

Dilyor Ermatov hakam tomonidan sariq kartochka bilan “siylanmoqda”.

photo_2016-02-16_06-41-05

Eski tanishlarning havodagi to'qnashuvi.

photo_2016-02-16_06-41-12

Jamoamizning yangi a'zolaridan biri Navro'z Alimov o'zini ko'rsatishga intilmoqda.

photo_2016-02-16_06-41-20

Mashg'ulotda qo'lini sindirib olgan Ruslan Matniyazov o'yinni akasi bilan birga tomosha qildi.

photo_2016-02-16_06-41-28

“Neftchi” ijrosidagi jarima zarbasi.

photo_2016-02-16_06-41-34

Alisher Ziyavuddinov o'zini ko'rsatishga intilmoqda.

photo_2016-02-16_06-41-40

Abdulloh Olimov ham sobiq jamoadoshlariga qarshi maydonga tushdi. Umuman olganda, shu kuni ko'plab sobiq jamoadoshlar bir-biriga qarshi maydonga tushdi.

photo_2016-02-16_06-41-48

Ilya Ilinga qizil kartochka ko'rsatildi.

photo_2016-02-16_06-41-56

Yana tinib-tinchimas Navro'z Alimov.

photo_2016-02-16_06-42-06

“Neftchi” darvozasiga jarima zarbasi belgilandi. To'p yonida Furqat Hasanboev.

photo_2016-02-16_06-42-11

Zarba !!!

photo_2016-02-16_06-42-16

GOOOOOLLLLLL !!!. Qoyil Furqat !

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz