"Qo'qon-1912" - "Navbahor". Vodiy derbisining o'yin atrofidagi voqeliklari

Iskandarov Abdulaziz
18 avg 2022, 12:27
Xabaringiz bor, bu turda Yaypanda "Qo'qon-1912" va "Navbahor" jamoalari o'rtasida vodiy derbisi bo'lib o'tdi.

Keling, siz bilan mazkur uchrashuvning o'yin atrofidagi voqeliklariga e'tiborimizni qaratamiz.  

O'yin oldidan qo'qonliklar mamuri to'plarning shayligini tekshiruvdan o'tkazmoqda.




Samvel Babayanning yordamchisi mezbonlar tarkibini o'rganib chiqyapti. 


Uchrashuv komissari Aleksandr Davidenko Championat.asia ni o'qiyapti. 


Jasur Yaxshiboev mashg'ulot vaqtidayoq to'pni muxlislarga sovg'a qilmoqchi ko'rinadi. 


Yaypandagi stadion maysalari nega har doim yam-yashil ekani haqidagi savolni shu yigitlarga berish kerak. 


Bolakaylar va orqa fonda ko'rinib turgan muxlislar vodiy derbisi startini kutishmoqda.


Aleksandr Merzlyakov ham aniq Championat.asia ni o'qiyapti.

Ular uchun bu kabi derbilar bamisoli to'y.  Muxlislar o'yinga maxsus musiqa asboblari bilan yetib kelishgan. 


 



"O'yin atrofidagi voqeliklar" rukni uchun maxsus surat. Bu insonlarni siz yaxshi taniysiz albatta.


Bosh murabbiylar va ularning o'yin haroratidagi emociyalari. 

 

Imkoniyatdan foydalangan muxlis "Real Madrid" darvozasiga gol urgan futbolchi bilan suratga tushib oldi. 


MTRK operatori o'yin jarayonini tasvirga olmoqda.


 Bu muxlis suratga olayotganimizni sezib qoldi.


Maydoni chetida qo'qonliklar mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.  


Vodiy derbisiga bo'lgan qiziqish qanchalik yuqori bo'lganini mana shu suratlar ham aytib turibdi.

Bizni kuzatishda davom eting! Zero, Championat.asia aynan sizlar uchun ishlaydi! 

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Foto: Dilmurod Isaqov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia