"Qo'qon-1912": Muxlislarimiz Namanganga borishadi

Narzulla Saydullayev
12 may 2016, 15:44
Oliy liganing 9-turi doirasida “Navbahor” - "Qo'qon-1912" o'yinida jamoaning haqiqiy muxlislari bevosita stadionda turib futbolchilarni qo'llab-quvvatlab turishni reja qilishgan.
Jamoamiz futbolchilariga  hozirgi kunda siz aziz muxlislarning  qo'llab turishingiz qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Namangan shahriga borishni istagan muxlislar uchun, muxlislar klubi yetakchilari tomonidan avtobuslar tashkil qilinmoqda. Avtobuslar Qo'qon avtovokzalidan  14-may kuni soat 12-00da yo'lga tushishi rejalashtirilgan.

Bu borada +998905087799 raqamli telefon orqali muxlislar klubi yetakchisi Ilhomjon Qunduzovga murojaat qilishingiz mumkin. Biz shunday og'ir pallada jamoamizni qo'llab turgan sodiq muxlislarimizga tazimdamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz