“Qo'qon-1912” keksalarga extirom ko'rsatdi

Tolibjon Qosimov
17 may 2015, 11:48
Ma'lumki 2015 yil muhtaram yurtboshimiz tomonidan “Keksalarni ezozlash yili” deya nomladi.
Shu munosabat bilan joylarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan “Qo'qon-1912” futbol klubi ham o'z ananasiga sodiq qolgan xolda, kecha keksalarga extirom ko'rsatdi. Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Sho'rtan” uchrashuvi avvalida klubimiz vice-prezidenti, bosh direktori Baxtiyor Tolipov jamoa nomidan Qo'qon futboli faxriylari nafaqadagi nazoratchi Islomjon Nurmatov va o'z vaqtida “Paxtakor” darvozasini qo'riqlagan sobiq golkiper Muhammadali Qo'ldoshevga sovg'a ulashdi va shu orqali ularga xurmat ko'rsatildi.

Bunday e'tibordan xursand bo'lishganini har ikki faxriy ham aytib o'tib, buning uchun minnatdorchilik bildirdi va “Qo'qon-1912”ga omad tiladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kokand1912.uz