“Qo'qon-1912” yig'inida yangilar bor yoxud Doniyor Usmonov ketdi

23 dek 2014, 16:05
Avval xabar berganimizdek, qo'qonliklar 20 dekabr kuni o'z qarorgohida yig'ildi.
Futbolchilar hozircha kuniga bir mahaldan shug'ullanmoqda. Jamoa ustozi Rustam Abdullaev ayni damda Toshkentda oliy liga klublarining bosh murabbiylari ishtirokidagi yig'ilishda ishtirok etmoqda. Shu bois mashg'ulotlarni uning yordamchisi Aram Ananyan olib bormoqda.

Tarkibdagi o'zgarishlar xususida to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bosqich tayyorgarligida murabbiylar shtabi asosan yoshlarni sinovdan o'tkazishni maqul topgan. “Neftchi”dan Izzat G'aniev bilan birga Sardor Qulmatov emas balki Saydullo Rahmatov qo'shilganligini keyinroq ma'lum bo'ldi. Ulardan tashqari yakuniga etgan mavsumda Kosonning “Alanga” jamoasi sharafini himoya qilgan darvozabon Azamat Ahmedov va himoyachi Sarvar Xolmurodov ham ayni damda “Qo'qon-1912” mashg'ulotlarida ishtirok etayotganini qayd etish lozim.

Huquqiy jihatdan "Neftchi"ga tegishli bo'lgan  Abdullajon Mirzaev ayni damda farg'onaliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etayotgani to'g'risida ma'lumotlar bor. Qolaversa Doniyor Usmonov ham "Lokomotiv"ga qaytib ketgan.

Manba: championat.asia