

“Qo'qon-1912” jamoasi uchun iyun oyida chempionat doirasida uchta, Kubok doirasida bitta o'yinda ishtirok etadi. No'mon Hasanov shogirdlari 16 iyun kuni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi to'p surishadi. 20 iyun kuni esa “So'g'diyona” Qo'qonda mehmon bo'ladi. Birinchi davraning oxirgi o'yini 25 iyun kuni “Olmaliq”qa qarshi safarda bo'lib o'tadi. Nihoyat, 30 iyun kuni vakillarimiz O'zbeksiton Kubogi chorak final birinchi uchrashuvi doirasida mehmonda “Nasaf”ga qarshi maydonga tushishadi.




