

Ma'lumki, O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH saralashidagi o'yinlari sabab oliy ligada kichik tanaffus vujudga keldi. Shu fursatdan foydalanib jamoamiz a'zolariga ham 2 sentyabrga qadar tatil e'lon qilindi.
Futbolchilarimiz 2 sentyabr kuni Toshkent shahrida to'planishadi hamda navbatdagi tur o'yinlariga tayyorgarlikni boshlashadi. Jamoamiz navbatdagi tur uchrashuvini Samarqandda mahalliy “Dinamo”ga qarshi o'tkazadi.




