"Qo'qon-1912" futbol muxlislari safiga qo'shiling

Narzulla Saydullayev
25 dek 2014, 15:15
"Qo'qon futbol muxlislari" sho'ba korxonasiga a'zolarni qabul qilish davom etmoqda.
"Qo'qon futbol muxlislari" sho'ba korxonasiga a'zolarni qabul qilish davom etmoqda. Ma'lumki, "Qo'qon-1912" futbol klubi qoshida Qo'qon shahar hokimining 11 dekabr, 2014 yil #54b  raqami bilan "Qo'qon futbol muxlislari" sho'ba korxonasi ro'yhatdan o'tkazildi.

Korxonaning manzilohi: Qo'qon shahar, Turkiston ko'chasi #81a  uy. "Markaziy" stadion. Muxlislar uchun tuzilan "Qo'qon futbol muhlislari" sho'ba korxonasi faoliyati: Sog'lom hayotni targ'ib etish, barcha yoshdagi  ishqivozlarni futbolga jalb etish,"Qo'qon-1912" jamoasi  va mamlakatimiz terma jamoalari yutiqlarini targ'ibot etish.

"Qo'qon futbol muxlislari" sho'ba korxonasiga a'zo bo'lishni xohlagan futbol muxlislari  Tel. # +99891 6911912 orqali  Qahramon Isroilovga murojaat  qilishlari so'raladi. Shuni takidlab o'tish lozimki, a'zolikka ajratilgan limtlar cheklanganligi bois, xohlovchilarni shoshilishlari talab qilinadi. 

"Qo'qon-1912" PFK matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz