

Futbolchilar erataga so'nggi yig'inni boshlashadi. To'rtinchi yig'in 28 fevralga qadar Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Ertaga poytaxtimizga yig'ilgan futbolchilar “Futbol qoidalaridagi o'zgarishlar” mavsuzida o'quv-amaliy seminarida ishtirok etishadi.
11 fevraldan mashg'ulotlar boshlanadi. So'nggi yig'in davomida to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkazilishi ko'zda tutilgan. 13 fevral kuni jamoa “So'g'diyona”ga qarshi maydonga tushadi. 14 fevral kungi raqib sifatida – Samarqandning “Dinamo” jamoasi tanlangan. 18 fevral kuni esa G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi bilan kuch sinashadi. Nihoyat, 23 fevral kuni bo'lib o'tadigan so'nggi nazorat uchrashuvida Qozog'istonning “Ekibastuz” jamoasi raqib vazifasini o'tab beradi.




