

Ayrim ommaviy axborot vositalarida bu o'yinni vaqti 8 may kuniga o'zgartirilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar xech qanday asosga ega emas. Muxlislarga shuni ma'lum qilamizki “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi, avval xabar qilganimizdek 9 may kuni soat 17-00da boshlanadi. Uchrashuv vaqti o'zgargan bo'lgan taqdirda biz bu haqda rasmiy saytimiz orqali sizlarga malumot bergan bo'lar edik. Bu uchrashuvga chiptalar “Markaziy” o'yingoh chiptaxonalarida sotilmoqda.
8 may kuni soat 16-00da esa “Qo'qon-1912” va “Bunyodkor” jamoalarining o'rinbosarlari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Biz sizlarni “Markaziy” stadioniga taklif qilamiz.



