"Qo'qon-1912": Andijonga borishni istagan muxlislar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
19 avg 2015, 08:45
“Qo'qon-1912” jamoasi o'z muxlislari bilan faxrlanadi. Jamoamizning ashaddiy muxlislari xoh o'z maydonimizda bo'lsin, xoh mehmonda bo'lsin klubimizni doimo qo'llab-quvvatlab kelishmoqda.

Ayniqsa, “Paxtakor”ga qarshi kechgan o'yinda qo'qonlik muxlislar barchaning havasini keltirdi. Shuningdek, muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari “Qo'qon-1912” futbolchilariga dalda bo'lmoqda.

Jamoamiz navbatdagi uchrashuvni Andijonda o'tkazishidan xabringiz bor. Vodiy derbisi nomini olgan mazkur uchrashuvda “Qo'qon-1912”ni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlashni istagan muxlislar uchun qulayliklar yaratilgan. Ularning Andijonga borib kelishlari uchun avtobus qo'yilishi rejalashtirilgan.

Andijonga borishni istagan muxlislar 22 avgust shanba kuni soat 11:00da Qo'qon “Markaziy” stadionga kelishlari mumkin.

Shuningdek, “Sog'lom avlod” stadionida qo'qonlik muxlislar uchun ajratilgan joylarga chiptalar sotuvi ham yo'lga qo'yilgan.

Andijonga borishni istagan muxlislar quyidagi telefon raqamiga murojjat etishlari mumkin: +99890 508 77 99

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz