

"Hech kim "Benfika"ni mening shartnomamni uzaytirishga majbur qilmagan va undagi punkt menga istagan vaqtim ketish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda "Benfika"da qolish ehtimoli 99%, chunki menda yana bir yillik shartnoma bor. "Benfika"dan shartnomamni uzaytirish bo'yicha taklif olganman, uni hali ko'rmaganman, lekin agentim uning a'lo darajada ekanini aytdi. "Real"ga kelsak, hozircha hech narsa yo'q, lekin hech birimiz ahmoq emasmiz va hozir bo'layotgani - agent Jorje Mendesh va klub rahbariyati o'rtasidagi muzokaralar", - dedi Mourinyu DN nashriga.



