"Qizilqum"da qizillar epidemiyasi

Iskandarov Abdulaziz
12 may 2023, 20:23
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi ayni paytda Superliganing 10-turi doirasida "Olimpik"ka qarshi o'ynamoqda.


Birinchi bo'limda jamoaning nigeriyalik legioneri Ifeani Ifeani maydondan chetlatildi. Afrika qitasi vakili bu yil Superligada ikkinchi bor hakamlar tomonidan qizil kartochka bilan siylandi. Qizig'i u so'nggi bor 7-turda "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan va unda ham qizil ishorasiga yo'liqqan.

Yana bir qiziq holat, joriy mavsumda "Qizilqum" futbolchilari 9ta o'yinda 6 bor  qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Ular kimlar edi?


3-tur "Metallurg" - "Qizilqum" 1:0

Chetlatish: Nikolay Tarasov 42

5-tur. "Paxtakor" - "Qizilqum" 3:1

Chetlatish: Oybek Nurmatov 66

7-tur. "So'g'diyona" - "Qizilqum" 1:0

Chetlatish: Murodbek Rahmatov 31, Ifeani Ifeani 90+5

9-tur. OKMK - "Qizilqum" 4:0

Chetlatish: Azizbek Usmonov 81

10-tur. "Qizilqum" - "Olimpik" 0:1 (davom etmoqda)

Chetlatish: Ifeani Ifeani 44

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia