“Qizilqum” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Aziz Tukhtamuradov
22 dek 2017, 16:39
Jamoamiz a'zolari 20 dekabr kuni qishki tatilni yakunlab, yangi mavsumga tayyorgarlikka kirishdi.

Ayni paytda jamoa a'zolari Navoiyda mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda. 27 dekabr  kuni futbolchilarimiz O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan test sinovlarini topshirishsa, 28 dekabr kuni Qarshida “Nasaf”ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. So'ngra Yangi yil oldidan tatil va mashg'ulotlar 5 yanvardan yana davom ettiriladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia