"Qizilqum" yana bir legioner bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2025, 15:14
Jamoalarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Yangi mavsumga qizg'in hozirlik ko'rayotgan jamoamiz navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Belarus kubogi sohibi bo'lgan ukrainalik hujumchi Roman Papariga yangi mavsumda "oltin izlovchilar" libosida harakat qiladi. Roman klub bilan 1 yillik bitim imzoladi", - deyiladi klub xabarida. 


Roman Papariga haqida:

Tug'ilgan sanasi: 09.07.1999 yil

Tug'ilgan joyi: Ukraina

Ampluasi: hujumchi

To'p tepgan jamoalari: "Karpati" (Ukraina), "Rimavska Sobota" (Slovakiya), "Ruh" (Belarusiya), "Energetik-Bgu" (Belarusiya), "Neman" (Belarusiya), "Naftan" (Belarusiya).


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Қизилқум" ФК матбуот хизмати