Klub rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bosh murabbiy Rustam Zabirov jamoani tark etgan futbolchilarning o'rnini qoplash uchun yangi nomlarni taklif etmoqda. Birinchi davrada birinchi liga klublarida to'p surgan futbolchilarni ham yig'inga jalb etib, ko'rikdan o'tkazmoqda. Masalan, "Andijon"dan hujumchi Aleksandr Lupashko, "Oqtepa"dan Nikita Pavlenko bilan Doniyor Usmonov, oliy liga klublaridan esa Sobir Umonxo'jaev ("Guliston"), Eldor Boymatov ("Nasaf"), Sergey Rekun ("Paxtakor"), Jalil Kimsanov ("So'g'diyona"), Isroil Ergashev ("Olmaliq") hamda Farrux Nurliboev ("Olmaliq") jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. Avval xabar berilganidek, jamoa ikkinchi davrada xorijlik futbolchilarni qo'shib olishni rejalashtirgan. Katta extimol bilan legionerlar shu kunlarda jamoa ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda.
Oltin izlovchilar mashg'ulotlar bilan bir qatorda o'rtoqlik bahslariga ham a'lohida e'tibor qaratmoqda. Xususan, rejalashtirilganidek, "Qizilqum"ning sinov nazorat bahsidagi ilk raqibi "Bunyodkor" yoshlar jamoasi bo'ldi. Unda zarafshonliklar bosh murabbiyi Rustam Zabirov o'z ixtiyoridagi futbolchilarning barchasini maydonga tushirdi.
Birinchi bo'limda tarkib quyidagicha ko'rinish oldi: Erkin Jabborov, Jalil Kimsanov, Temur Yafarov, Fayzulla Qambarov, Rustam A'zamov, Nikita Pavlenko, Andrey Vlasichev, Eldor Boymatov, Isroil Ergashev, Sobir Usmonxo'jaev, Aleksandr Lupashko.
Ikkinchi bo'limdagi tarkib bilan tanishing: Eldor Tojiboev, Temur Ayzatulov, Doniyor Usmonov, Farrux Nurliboev, Sunnatilla Toshpo'latov, Sergey Rekun, Farruh Haydarov, G'ulomhaydar G'ulomov, Sarvarjon Xolmatov, Temur Vasilev, Navro'zbek Alimov.
Gollar: Nikita Pavlenko (2ta), Aleksandr Lupashko, Timur Vasilev, G'ulomhaydar G'ulomov.
Rejaga muvofiq, bugun-erta "Qizilqum" jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'iniga Gruziya, Ukraina, Latviya, Rossiyadan legioner futbolchilar kelib qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, Rustam Zabirov shogirdlari navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 24 iyul kuni o'tkazadi. Unda konchilar Namanganning "Navbahor" futbolchilariga qarshi maydonga tushadilar.
Islombek Rustambekov