“Qizilqum” – “Qo'qon-1912”. Prevyu

Narzulla Saydullayev
22 sen 2018, 12:43
Superliga 24-tur doirasida “Qo'qon-1912” Navoiyda “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Quyida mazkur jamoalarning o'zaro o'yiniga doir statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

15-uchrashuv

Bugunga qadar bu jamoalar chempionat doirasida 14 marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning to'qqiztasida navoiyliklarning qo'li baland kelgan. To'rtta uchrashuvda qo'qonliklar g'alaba qozonishgan. Bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 29-14, “Qizilqum” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Qizilqum” 28 ochko, “Qo'qon-1912” esa 13 ochko to'plagan.

“Qizilqum” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
08.03.2018 Qizilqum – Qo'qon-1912  0:2
19.08.2017 Qizilqum – Qo'qon-1912  3:1
09.09.2016 Qizilqum – Qo'qon-1912  1:1
09.05.2015 Qizilqum – Qo'qon-1912  3:1
05.10.2003 Qizilqum – Qo'qon-1912  5:1
16.03.2002 Qizilqum – Qo'qon-1912  3:0
01.04.2000 Qizilqum – Qo'qon-1912  3:2

Mavsumdagi to'rtinchi o'yin
Ushbu jamoalar joriy mavsumda o'zaro to'rtinchi o'yinni o'tkazishadi. Bungacha bo'lib o'tgan uchta bahsning ikkitasida qo'qonliklar bir xil 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Ana shu o'yinlarning biri 18 sentyabr kuni O'zbekiston Kubogi doirasida o'tkakzilganidan yaxshi xabardorsiz.

Superliga doirasidagi birinchi bahsda "Qo'qon-1912" safarda “Qizilqum”ni 2:0 hisobida dog'da qoldirishgan. Qo'qondagi uchrashuvda esa navoiyliklarning qo'li baland kelgan – 1:0.

Boshlanish vaqti
Mazkur uchrashuv 22 sentyar shanba kuni “Yoshlar sport majmuasi” o'yingohida soat 20:00 da boshlanadi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz