"Qizilqum": Navro'z Alimov, Klishin va Abdurahmonov kelishdi, Shevchenko ketdi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2015, 16:50
Navoiyning "Qizilqum" klubi ikkinchi davra oldidan bir qator transferlarni amalga oshirdi.

Alisher Sanoev "Buxoro"ga ijaraga berildi. Vyacheslav Shevchenko bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Feruz Boboqulov ikkinchi davrani "Dinamo"da o'tkazadi.

Tarkibga "Sho'rtan" jamoasidan Viktor Klishin, "Paxtakor"dan Navro'zbek Alimov, "Mashal"dan Doston Abdurahmonov va "Buxoro" jamoasidan Bahrom Narzullaev kabi futbolchilar kelib qo'shilishdi.

"Qizilqum" klubi matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia