“Qizilqum” futbolchisi uchun mavsum yakunlandi

27 okt 2017, 22:27
“Qizilqum” jamoasining farg'onalik yarim himoyachisi Nodirxon Kamolov kecha “Neftchi” ga qarshi bahsning so'nggi daqiqasida jarohat olgandi.

O'sha vaziyatda to'p uchun kurashda "Neftchi" futbolchisi Abror Ismoilov Kamolov bilan to'p uchun kurashga kirishgandi.

Bugun o'tkazilgan tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, navoiyliklar yarim himoyachisining o'ng oyog'i suyagi jiddiy shikastlangan. Natijada Kamolovning oyog'i shifokorlar gipsga olishgan.

Futbolchi bu holatda kamida 20 kun yurishini hisobga olsak, katta ehtimol bilan u mavsumning qolgan to'rtta uchrashuvida jamoasiga yordam bera olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia