

Navoiyliklar 8 o'yindan beri bo'lajak raqibini mag'lub eta olmayapti. "Konchilar" so'nggi bor 2018 yil "Nasaf"ni taslim etishning uddasidan chiqdi. Shuningdek, ketma-ket 6 uchrashuvdan buyon qarshiliklarga qarshilik ko'rsatishning imkoni bo'lmayapti.
Bundan tashqari, oxirgi 15 yil ichida mezbonlar atigi bir marotaba raqibni dog'da qoldira olgan. 2009 yilgi mavsumdan boshlab qolgan bahslarda yoki durang, yoki "ajdarlar"ning qo'li baland kelgan.
Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi bugun soat 18:15 da start oladi. Uchrashuvni matnli translyatsiya orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.



