"Qizilqum" 25 yildan buyon Toshkentda "Paxtakor"ni yuta olmayapti

Iskandarov Abdulaziz
28 fev 2026, 09:40
Akmal Rustamov ustozlik qilayotgan "Qizilqum" kecha "Paxtakor" mehmoni bo'ldi.

Qiziqarli kechgan to'qnashuvda navoiyliklar "sherlar"ga 0:2 hisobida engildi. "Qizilqum" 25 yildan buyon Toshkentda "Paxtakor"ni engishning uddasidan chiqa olayotgani yo'q. Jamoa ilk va hozirgacha yagona g'alabasini 2001 yilgi mavsumning 20-turida Toshkentda qo'lga kiritgan.

O'sha mavsumda Sergey Shevchenko boshchiligidagi jamoa bu ishni bajara olgan. Undan bir yil oldin ham Shevchenko poytaxtdan bir ochko bilan qaytgan. Mutaxassis ketma-ket ikki yil "sherlar"dan safarda ochko olgan klub tarixidagi ilk murabbiy hisoblanadi.


2001 yil. 20-tur

"Paxtakor" - "Qizilqum" 1:2

31.07.2001. 7 000 tomoshabin.

Gollar: Nematullo Qutiboev - Spartak Murtazoev, Arslon Tolipov.

Akmal Rustamov shogirdlari 2-turni o'z maydonida "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia