"Qizilqum" 15 dekabrdan to'planadi

Narzulla Saydullayev
4 dek 2016, 10:01
Navoiyning "Qizilqum" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni 15 dekabrdan boshlaydi.

"Yangi mavsum uchun rejalarni ishlab chiqyapmiz. 15 dekabrdan tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Yakuniga etgan chempionatdan xulosa chiqargan holda tarkibda albatta yana o'zgarishlar bo'ladi. Jamoamizni tark etadigan o'yinchilar bor. Lekin ularni ayta olmayman. Biz keyingi yil uchun tarkibimizni kuchaytirmoqchimiz. Legionerlar borasida ham islohotlar olib boramiz", - deydi klub bosh menejeri Hamidjon Aktamov "Futbol Ekspress" gazetasiga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia