Qaysi darvozabonlar JCH-2018 to'pidan norozi?

Mirjalol Normatov
25 mar 2018, 15:03
Ispaniya va Germaniya terma jamoalari darvozabonlari JCH-2018ning rasmiy to'pi "Telstar-18"ni tanqid qildi.

"Bu to'p bilan bemalol 35 metrlardan ham gol ursa bo'ladi. Chunki uning uchishiga baho berish juda qiyin", - dedi Ispaniya termasi darvozaboni Pepe Reyna.

Shuningdek, uning terma jamoadoshi David De Xea ham bu to'pni jahon chempionatiga mos emas deb tarifladi. Germaniya termasi posboni Mark-Andre ter Shtegen ham to'pdan ko'ngli to'lmaganini aytdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS